ER-XOTIN MUNOSABATLARIDA RASHK VA ISHONCH MUAMMOSI

Read full text
Authors: Rizokulova Parvina Farxodovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada er-xotin munosabatlarida rashk va ishoncho‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Rashk oilaviy munosabatlarda ko‘p uchraydigan emotsional holat bo‘lib, u ishonch darajasi, shaxsiytajriba va ijtimoiy omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Tadqiqotda rashkning kelib chiqish sabablari, uning konstruktiv va destruktiv shakllari hamda er-xotin o‘rtasidagimuloqot va xulq-atvorga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, ishonchning pasayishi rashkning kuchayishiga, rashkning ortishi esa oilaviy nizolar va psixologik masofaning yuzagakelishiga olib kelishi ilmiy tahlil asosida asoslab beriladi. Maqolada sog‘lom oilaviymuhitni shakllantirishda ishonchni mustahkamlash, ochiq muloqot va emotsional o‘ziniboshqarish mexanizmlarining ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari oilaviypsixologiya, nikoh munosabatlari va psixologik maslahat amaliyotida muhim ilmiy amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Attachment and Relationship Dynamics Marriage and Sexual Relationships Family Dynamics and Relationships

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
27 January 2026
Language
UZ