Logoritmikada sportga asoslangan o'yinlar

Read full text
Authors: Dilfuza Ochilova
Cited by: 0

Abstract

Nima uchun logoritmik mashg‘ulotlar maktabgacha ta’limda shunchalik mashhur? Javob juda oddiy: logoritmikabolalar tomonidan o‘yin sifatida qabul qilinadigan, qiziqarli va tushunarli bo‘lgan rivojlantiruvchi hamda tuzatuvchio‘yinlar va mashqlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Logoritmik mashg‘ulotlarga kirish qismida yurish va fazoviy yo‘nalishnianiqlash, mushak tonusini tartibga solish uchun dinamik mashqlar, bo‘shashish hamda tarang mushak guruhlarini rivojlantirishgaqaratilgan mashqlar o‘rin oladi. Bu jarayon bolaning o‘z tanasini anglashini rag‘batlantiradi, yo‘nalish ko‘nikmalarigaijobiy ta’sir ko‘rsatadi va umumiy hamda nozik koordinatsiyani yaxshilaydi. Har bir mashg‘ulot artikulyatsiyamashqlarini o‘z ichiga oladi. Artikulyatsiya mashqlari ixtisoslashgan sog‘lomlashtiruvchi metodika bo‘lib, ayniqsa maktabgachayoshdagi bolalar uchun muhimdir, chunki ular artikulyatsion tovush modellari to‘g‘ri shakllanishiga va ravon diksiyarivojiga yordam beradi. Nafas olish mashqlari nutqiy nafas buzilishlarini tuzatadi, diafragmal nafas olishni rivojlantiradi,shuningdek nafas chiqarishning davomiyligi, kuchi va to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlaydi.

Fields of Study & Subjects

Child Development and Education Children's Physical and Motor Development Diverse Music Education Insights

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
20 January 2026
Language
UZ