INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI "KO'Z" SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
Abstract
Zamonaviy tilshunoslikda til va madaniyatning o‘zaro aloqasini o‘rganish, xususan, lingvokulturologiya va kognitiv lingvistika yo‘nalishlari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Har bir xalqning dunyoni anglashi va uni tilda aks ettirishi o‘ziga xos bo‘lib, bu jarayon frazeologik tizimda yaqqol namoyon bo‘ladi. Frazeologizmlar orasida inson tana a’zolari nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan somatik frazeologizmlar eng qadimgi va faol qatlamni tashkil etadi [5,12-b.]. Inson a’zolari ichida “ko‘z” (eye/ko‘z) obrazi alohida strategik o‘ringa ega. Ko‘z nafaqat ko‘rish a’zosi, balki insonning ichki olami, ruhiyati, aql-idroki va ijtimoiy munosabatlarini ifodalovchi universal ramzdir. Ingliz va qoraqalpoq tillari kabi turli oilaga mansub tillarda “ko‘z” somatik komponenti ishtirokidagi idiomalami qiyosiy tadqiq etish, ikki xalqning mentalitetidagi o‘xshashlik va milliy o‘ziga xosliklarni aniqlash maqolaning dolzarbligini belgilaydi.
Fields of Study & Subjects
Linguistic research and analysis
Language and Culture
Language
Metaphor
and Cognition
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 27 January 2026