Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslari

Read full text
Authors: Садикова Дилафруз Хусановна, Munisa Qo'chqorova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariyasoslari yoritilgan. Marketing faoliyatining ta’lim xizmatlari sifatini oshirishdagi o‘rni, iste’molchilar (ota-onalar va jamiyat)ehtiyojlarini aniqlash hamda raqobatbardoshlikni ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, MTTlarda marketingstrategiyalarini rejalashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ta’lim xizmatlarini targ‘ib etishmexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur maqolaning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketingfaoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslarini yoritish, marketing yondashuvlarining ta’lim xizmatlari sifatini oshirishdagiahamiyatini asoslash hamda xorijiy marketing texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy-nazariy jihatdantahlil qilishdan iborat. Maqolani tayyorlash jarayonida maktabgacha ta’lim va marketing sohasiga oid ilmiy adabiyotlar,normativ-huquqiy hujjatlar, xorijiy nashrlar hamda ochiq axborot manbalari tahlil qilindi. Tahliliy yondashuv, taqqoslash,tizimlashtirish, umumlashtirish va mantiqiy xulosa chiqarish metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, marketing faoliyatinitashkil etishda qo‘llaniladigan xorijiy konsepsiyalar nazariy jihatdan ko‘rib chiqildi. Maqola doirasida olib borilgan nazariytahlillar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etish ta’lim xizmatlariningsifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Marketing strategiyalarini rejalashtirish, iste’molchilar ehtiyojlarinianiqlash va raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish MTTlarning raqobatbardoshligini oshiradi.Xorijiy tajribada keng qo‘llanilayotgan SMM, brendlash va kommunikatsion marketing texnologiyalarini joriy etish ta’limmuassasasining ijtimoiy imijini mustahkamlash imkonini beradi.Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini nazariy asoslangan va tizimli tarzda tashkiletish zamonaviy ta’lim boshqaruvining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Marketing yondashuvlarining ta’lim tizimiga integratsiyasita’lim xizmatlari sifatini oshirish, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va MTTlarning barqarorrivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Marketing and Advertising Strategies Educational and Organizational Development Healthcare Law Governance and Management Studies

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
20 January 2026
Language
UZ