METALLURGIK TEXNOGEN CHIQINDILARDAN KAMYOB METALLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI
Abstract
Mazkur maqolada volfram tarkibli metallurgik texnogen chiqindilarni ikkilamchi xomashyo sifatida qaytaishlash orqali volfram minerallarini samarali ajratib olish texnologiyasi tadqiq etilgan. Boshlang‘ich xomashyoning mineralva fazaviy tarkibi rentgen-fazaviy tahlil yordamida aniqlanib, foydali va gang minerallarning miqdoriy nisbatlari baholandi.WC–Co psevdoqotishmalarining turli kislotali muhitlardagi elektrokimyoviy xatti-harakati o‘rganilib, kobaltning selektiverishi uchun maqbul sharoitlar belgilandi. Boyitish jarayonlarida magnit ajratish va flotatsiya usullari ketma-ket qo‘llanilib,zarracha o‘lchami, magnit maydon kuchlanishi hamda flotatsiya reagentlari tarkibining WO3 ajralish darajasiga ta’siri tahlilqilindi. Tajriba natijalari magnit ajratish yirik fraksiyalar uchun samarali ekanligini, mayda va ultramayda zarrachalardaesa flotatsiya jarayoni ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Oldindan desliming va mos reagentlar kombinatsiyasini tanlashsheelitning selektiv ajralishini oshirib, yuqori sifatli konsentrat olish imkonini berdi. Olingan natijalar volfram tarkiblitexnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash va resurslardan oqilona foydalanish uchun ilmiy-amaliy asos yaratadi
Fields of Study & Subjects
Extraction and Separation Processes
Minerals Flotation and Separation Techniques
Mineral Processing and Grinding
Publication details
- Journal / source
- MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
- Publication date
- 1 January 2026
- Language
- UZ