EKOLOGIK TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA YASHIL IQTISODIYOT KONSEPSIYASINING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI

Read full text
Authors: Mirzayeva Nilufar Alijonovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ekologik tadbirkorlikni rivojlantirishda yashil iqtisodiyot konsepsiyasining institutsionalmexanizmlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi yashil iqtisodiyot tamoyillariningekologik tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ta’sirini baholash hamda ularni qo‘llab-quvvatlovchi institutsional tuzilmalarsamaradorligini aniqlashdan iborat. Maqolada davlat, bozor va nodavlat institutlarining ekologik tadbirkorliknirag‘batlantirishdagi o‘rni, jumladan, normativ-huquqiy baza, moliyaviy mexanizmlar, soliq va kredit imtiyozlari, ekologikstandartlar hamda innovatsion infratuzilmaning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, yashil investitsiyalarni jalb etish,resurslardan samarali foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va past uglerodli texnologiyalarni joriy etish jarayonlaridainstitutsional muhitning roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqaro tajriba va rivojlangan davlatlarda shakllangan yashil iqtisodiyotinstitutlari faoliyati o‘rganilib, ularning ekologik tadbirkorlik rivojiga qo‘shayotgan hissasi baholanadi. Maqola natijalariekologik tadbirkorlikni rivojlantirishda institutsional mexanizmlarni takomillashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashva atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi

Fields of Study & Subjects

Sustainable Development and Environmental Management Business and Economic Development Environmental Sustainability in Business

Publication details

Journal / source
Neliti
Publication date
1 January 2026
Language
EN