PREVENTION OF CONFLICT GENERATING IN PEDAGOGICAL COMMUNICATION.

Read full text
Authors: Mahliyo Toshniyozova
Cited by: 0

Abstract

Bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va sog‘lom pedagogik muhitni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda pedagogik muloqot alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar, muloqot uslubi va psixologik muhit ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogik muloqot jarayonida turli ziddiyatlar, tushunmovchiliklar va nizolar yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlar ko‘pincha konfliktagen omillar ta’sirida paydo bo‘ladi. Agar ushbu omillar o‘z vaqtida aniqlanmasa va bartaraf etilmasa, ta’lim jarayonida salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli pedagogik muloqotda konfliktagenlikning profilaktikasini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.Mazkur mustaqil ishda pedagogik muloqot tushunchasi, konflikt va konfliktagenlik mohiyati, pedagogik konfliktlarning kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish yo‘llari batafsil yoritiladi. Pedagogik jarayonda muloqot muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi va o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-ona, shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot sifati ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Noto‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot turli ziddiyatlar, nizolar va kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Shu sababli pedagogik muloqotda konfliktagenlikning oldini olish, ya’ni konflikt profilaktikasi dolzarb masalalardan biridir.

Fields of Study & Subjects

Education Psychology and Social Research Education for Peace and Conflict Resolution Communication in Education and Healthcare

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026