YASHIRIN IQTISODIYOT KO'LAMINI QISQARTIRISHDA SOLIQ QONUNCHILIGINING INSTITUTSIONAL AHAMIYATI

Read full text
Authors: Qulmuratov G'Ayrat Amanovich
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy tezisda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishda soliq qonunchiligining institutsional ahamiyati nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda soliq qonunchiligi iqtisodiy institut sifatida baholanib, uning barqarorligi, shaffofligi va ijro mexanizmlarining norasmiy iqtisodiy faoliyatni legallashtirishga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, soliq ma’murchiligi samaradorligi, huquqiy rag‘batlantirish va majburiy mexanizmlarning o‘zaro uyg‘unligi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishning muhim sharti sifatida asoslanadi. Tezisda soliq institutlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash orqali soliq intizomini oshirish va iqtisodiy subyektlarni rasmiy sektorga jalb etish imkoniyatlari ilmiy jihatdan yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari soliq siyosatini institutsional jihatdan takomillashtirish hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Taxation and Compliance Studies Economic and Fiscal Studies Legal and Constitutional Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026