YOSHLAR NUTQIDA SHEVA VA ADABIY TIL MUAMMOSI

Read full text
Authors: Rayyona Tursunboyeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek yoshlari nutqida adabiy til me’yorlarining buzilishi va shevaga xos unsurlarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yoshlarning muloqot jarayonida adabiy tilga nisbatan bepisandligi, sheva va jargonlarning (ko'cha tili) ommalashuvi hamda ijtimoiy tarmoqlarning bu jarayonga ta’siri yoritilgan. Maqolaning o‘ziga xosligi shundaki, u shevani shunchaki "xato" deb emas, balki yoshlarning o‘zligini namoyon qilish usuli sifatida kashf etadi. Shuningdek, maqolada maktab va oliy ta’lim tizimidagi filologik bo‘shliqlar, oilaviy muhitning nutq madaniyatiga ta’siri hamda tilni asrash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Yoshlar nutqini tozalash emas, balki ularda Vaziyatga qarab til tanlash (code-switching) ko‘nikmasini shakllantirish zarurligi ilmiy asoslab berilgan.

Fields of Study & Subjects

Linguistic and Sociocultural Studies Linguistic research and analysis Language and Culture

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026