MIRZA KENJABEK SHE'RLARIDA RUHIYAT TASVIRI VA TASVIR RUHIYATI: "IBODAT" SHE'RI MISOLIDA

Read full text
Authors: Nozima Botirjonova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek she'riyatining yirik namoyandalaridan biri Mirza Kenjabek ijodida ruhiyat masalasi ilmiy-filogik jihatdan keng qamrovli tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida shoirning “Ibodat” she'ri tanlanib, unda ibodat tushunchasining diniy, falsafiy va psixologik qatlamlari aniqlanadi. Tadqiqotda matnshunoslik, badiiy-tahliliy, psixologik hamda qiyosiy metodlardan foydalanildi. Tahlil natijasida Mirza Kenjabek ijodida ibodat tushunchasi faqat diniy amal emas, balki inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi ma'naviy-estetik kategoriya ekanligi isbotlandi. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, “Ibodat” she'ri ilk bor ruhiyat tasviri va tasvir ruhiyati nuqtayi nazaridan kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy o‘zbek she'riyatini o‘rganishda, ayniqsa diniy-falsafiy poetikani tahlil qilishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Poetry Analysis and Criticism Turkish Literature and Culture Islamic Thought and Society Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026