ATEROSKLEROZGA SABAB BO'LUVCHI QONDAGI ERKIN RADIKALLARNING TA'SIR MEXANIZMI

Read full text
Authors: Surayyo Axmedova, Xudoyor Usmonqulov, Muhammadsaid Mamaniyozov, Sohibjon Rahimjonov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada ateroskleroz rivojlanishida qondagi erkin radikallarning, xususan reaktiv kislorod shakllarining (RKS) patogenetik roli ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Erkin radikallar hujayra metabolizmi jarayonida tabiiy hosil bo‘lsa-da, antioksidant himoya tizimi izdan chiqqanda oksidlovchi stress yuzaga keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, RKS past zichlikdagi lipoproteinlarning (LDL) oksidlanishini tezlashtiradi, bu esa aterosklerozning boshlang‘ich bosqichi hisoblangan endotelial disfunktsiyani yuzaga keltiradi. Oksidlangan LDL endoteliy ostiga kirib, monotsitlarning makrofaglarga aylanishini va ko‘p miqdorda lipid yutib, ko‘pik hujayralar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi.

Fields of Study & Subjects

Nitric Oxide and Endothelin Effects Atherosclerosis and Cardiovascular Diseases Antioxidant Activity and Oxidative Stress

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026