Boshlang'ich sinf o'quvchilarining aqliy qobiliyatini shakllantirishda dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda shaxmat o'yinidan foydalanish imkoniyatlar

Read full text
Authors: Boboqulov Chori Urolovich
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish va shakllantirishdashaxmat o‘yinidan dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda samarali foydalanish imkoniyatlari ilmiy-pedagogikjihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shaxmat o‘yinining mantiqiy tafakkur, diqqat, xotira, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabiaqliy jarayonlarga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada shaxmat mashg‘ulotlarini boshlang‘ich ta’lim jarayoniga integratsiyalashningmetodik asoslari, o‘yinli va interfaol yondashuvlar orqali o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish yo‘llariyoritilgan. Tadqiqot natijalari shaxmat o‘yinidan ta’lim jarayonida maqsadli foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariningaqliy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita ekanligini asoslab beradi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari,pedagoglar hamda tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Educational methodologies and cognitive development Developmental and Educational Neuropsychology Educational Games and Gamification

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
20 January 2026
Language
UZ