BOSHLANG'ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O'QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini integratsiya qilishning didaktik, metodik va tashkiliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot Buxoro shahar 7-sonli umumta’lim maktabining 3-sinflarida o‘tkazilgan so‘rovnoma, test sinovlari va pedagogik kuzatuvlar asosida amalga oshirildi. O‘quvchilarning motivatsiyasi, o‘quv faolligi, mustaqil ishlash ko‘nikmalari hamda bilimlarni o‘zlashtirish sifati dinamikasi statistik usullar yordamida baholandi. Olingan natijalar raqamli vositalar o‘quv jarayonini individuallashtirish, fanlararo bog‘liqlikni kuchaytirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishini isbotlaydi.
Fields of Study & Subjects
Education and Technology Integration
Innovative Educational Technologies
Educational Methods and Teacher Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 28 January 2026