XONDIZA KONI POLIMETALL RUDALARINI FLOTATSIYALASHDA REAGENT REJIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada Xondiza koni polimetall rudalarini flotatsion boyitishda reagent rejimini takomillashtirishmasalalari tahlil qilindi. Tadqiqotda mis–qo‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindilaridan ruxni ajratib olish jarayoniga alohida e’tiborqaratilib, amaldagi texnologik sxemalar hamda reagent rejimlari qiyosiy baholandi. Ilmiy adabiyotlar, ishlab chiqarishtajribasi va statistik ma’lumotlar tahlili asosida rux flotatsiyasida qo‘llanilayotgan yig‘gich hamda aktivatorlarningsamaradorligi o‘rganildi. Natijalar BKK yig‘gichi va mis kuporosi sarfini optimallashtirish orqali rux konsentratidagi Znmiqdorini 55% gacha, umumiy ajratib olinishi darajasini esa 73,16% gacha oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. SEM va EDStahlillari ruxning konsentratda asosan sfalerit shaklida jamlanganini tasdiqladi. Shu bilan birga, rux konsentratida ma’lummiqdorda qo‘rg‘oshinning saqlanib qolishi flotatsiya jarayonining selektivligini yanada oshirish zarurligini ko‘rsatadi.Olingan xulosalar polimetall rudalarni flotatsion boyitish texnologiyalarini takomillashtirish hamda rangli metallurgiyakorxonalarida xomashyo resurslaridan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi
Fields of Study & Subjects
Minerals Flotation and Separation Techniques
Mineral Processing and Grinding
Metal Extraction and Bioleaching
Publication details
- Journal / source
- MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
- Publication date
- 1 January 2026
- Language
- UZ