XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA'SIRI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada xalqaro moliyaviy institutlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri,ularning moliyaviy va texnik ko‘magi orqali amalga oshirilayotgan islohotlar hamda milliy iqtisodiy barqarorlikkaqo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Xususan, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ), Osiyo taraqqiyotbanki (OTB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Islom taraqqiyot banki (ITB) kabi yirik xalqaro moliyaviytashkilotlarning O‘zbekiston bilan hamkorlik yo‘nalishlari, ularning dasturiy faoliyati, kredit siyosati, grant va investitsionkafolat mexanizmlari o‘rganilgan.Maqolada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashda xalqaro moliyaviy institutlarning roli, ularningenergetika, infratuzilma, transport, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirayotgan loyihalarimisolida tahlil qilinadi. Shu bilan birga, xalqaro moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, tashqi qarzning barqarorliginita’minlash, xususiy sektorni rivojlantirish hamda mahalliy boshqaruv salohiyatini oshirish masalalari atroflicha yoritiladi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalqaro moliyaviy institutlar O‘zbekiston iqtisodiyotida ijobiy strukturaviy o‘zgarishlarga sababbo‘lmoqda, xususan, investitsion muhitni yaxshilash, byudjet barqarorligini mustahkamlash, moliyaviy boshqaruvniraqamlashtirish va xalqaro standartlarni joriy etishda muhim o‘rin tutmoqda. Shu bilan birga, ayrim muammolar – qarzyukining ortishi, byurokratik to‘siqlar va loyiha samaradorligi nazoratining sustligi – mavjudligi qayd etiladi.Maqolada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni strategik asosda rivojlantirish,moliyaviy monitoring tizimini kuchaytirish, shaffoflikni ta’minlash va mahalliy kadrlarning xalqaro moliyaviy boshqaruvdagisalohiyatini oshirishga qaratilgan.Umuman olganda, maqola O‘zbekistonning global moliyaviy tizimdagi o‘rni, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijasidaerishilayotgan iqtisodiy yutuqlar va istiqbolli yo‘nalishlarni tahliliy jihatdan yoritadi hamda mamlakatning uzoq muddatlibarqaror rivojlanishi uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi
Fields of Study & Subjects
International Development and Aid
Economic
financial
and policy analysis
Business and Economic Development
Publication details
- Journal / source
- MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
- Publication date
- 1 January 2026
- Language
- UZ