NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATIDA "AQLLI KON" KONSEPSIYASINI AMALGA OSHIRISH TAJRIBASI

Read full text
Authors: Mehriniso Kurbanova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada Navoiy kon-metallurgiya kombinatida “Aqlli kon” konsepsiyasini joriy etish tajribasi ilmiyjihatdan tahlil qilinadi. Hozirgi sharoitda raqamlashtirish, sun’iy intellekt va IoT texnologiyalarining jadal rivojlanishikon sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Navoiy KMK O‘zbekistondagi yirik sanoatkorxonalaridan biri sifatida mazkur yo‘nalishda ilg‘or texnologik yechimlarni amaliyotga tatbiq etmoqda. Maqolada“Aqlli kon” tushunchasining mohiyati ochib berilib, avtomatlashtirilgan transport tizimlari, masofadan boshqariladigantexnikalar, real vaqt rejimida monitoring olib borish, sanoat xavfsizligini ta’minlash hamda mehnat unumdorligini oshirishmexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, ushbu innovatsion texnologiyalarning kon ishchilari faoliyatiga ta’siri, ishlab chiqarishsamaradorligini oshirishdagi roli hamda kon sanoatining istiqbollari ilmiy nuqtayi nazardan baholanadi.

Fields of Study & Subjects

Digital Transformation in Industry Engineering and Environmental Studies Impact of AI and Big Data on Business and Society

Publication details

Journal / source
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
Publication date
1 January 2026
Language
UZ