SURXON VOHASI AHOLISI URF-ODATLARINING LOKAL XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI (1991-2024 YILLAR)

Read full text
Authors: Zahro Xayrullayeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekistonning janubiy mintaqasi – Surxon vohasi aholisining 1991-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrdagi etnomadaniy hayoti, urf-odatlari va marosimlarining lokal (hududiy) xususiyatlarini ilmiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda mustaqillik yillarida tiklangan qadimiy qadriyatlar va globallashuv jarayonida yuz bergan transformatsiyalar o‘rganilgan. Xususan, vohaga xos bo‘lgan “Beshikkerti”, “Qiz oshi”, “Olovdan o‘tkazish” va dafn marosimlari qiyosiy-etnologik tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Surxondaryo aholisi modernizatsiya jarayonlariga qaramay, boshqa viloyatlardan farqli o‘laroq, arxaik elementlarni (zardushtiylik va shomonlik qoldiqlarini) o‘z marosimlarida ko‘proq saqlab qolgan.

Fields of Study & Subjects

Cultural and Sociopolitical Studies European Linguistics and Anthropology Cultural Identity and Heritage

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026