Tibbiy mаqsаdlаrdа paramediklarda ingliz tilini o'qitishning pedagogik asoslari

Read full text
Authors: Dildora Muhtorovna Isroilova, Yaxshiboyeva Gulbahor Oybek qizi
Cited by: 0

Abstract

. Zamonaviy tibbiy ta’lim tizimi talabalardan faqat nazariy bilimlar va amaliy malakalarga ega bo‘lishni emas, balki xalqaro professional muhitda samarali muloqot qila olishni ham talab etadi. Ayniqsa, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish globallashuv sharoitida muhim strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ingliz tili xalqaro ilmiy-ma’lumotlar almashinuvida asosiy vosita bo‘lishi bilan birga, tibbiyot sohasiga xos terminlar va kasbiy leksikani o‘z ichiga olgan muhim kommunikativ resurs hisoblanadi. Shu jihatdan, tibbiy ingliz tilini o‘rgatish jarayoni o‘zining terminologik aniqligi, kasbiy muloqotga qo‘yiladigan yuqori talablar hamda sog‘liqni saqlash tizimining o‘ziga xos mazmuni bilan umumiy chet tillarni o‘qitishdan tubdan farqlanadi.

Fields of Study & Subjects

EFL/ESL Teaching and Learning Second Language Learning and Teaching Foreign Language Teaching Methods

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026
Document type
Dataset