JAMIYAT MUAMMOLARI ASOSIDA STARTAP G'OYALARNI ISHLAB CHIQISH VA ULARNI REALIZATSIYA QILISH MEXANIZMLARI

Read full text
Authors: Jaloliddin Ruzmetov Orifjon o'g'li, Murodjon Xolmurodov Shavkatjon o'g'li, Dinara Ishmanova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada jamiyatning dolzarb muammolari negizida texnologik startap g‘oyalarini shakllantirish va hayotga tatbiq etish mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida global va mahalliy tajribalar tahlil qilinib, jamiyat ehtiyojlariga innovatsion yondashuvlar orqali yechim topish usullari ko‘rib chiqiladi. Xususan, jahon miqyosida katta muvaffaqiyatga erishgan Tesla kompaniyasining transport va ekologiya sohasidagi muammolarni texnologik yechimlar yordamida hal qilishi ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston misolida IMAN Invest (islomiy moliyaviy texnologiyalarga asoslangan investitsiya platformasi) va Uzum raqamli ekotizimi (raqamli infratuzilma va ijtimoiy xizmatlarni birlashtirgan yechim) kabi startaplar faoliyati tahlil etilib, ularning jamiyatga foydali ta’siri yoritilgan. Maqolada adabiyotlar sharhi, amaliy keyslar tahlili va qiyosiy yondashuv yordamida ijtimoiy muammolarni innovatsion biznes g‘oyalarga aylantirish mexanizmlari bo‘yicha xulosalar chiqariladi hamda kelgusida bunday startaplarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat muammolariga yechim izlash orqali vujudga kelgan startaplar nafaqat ijtimoiy masalalarni hal etadi, balki iqtisodiy jihatdan ham samarador bo‘lib, barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Innovation Technology and Society Entrepreneurship Studies and Influences Innovation and Socioeconomic Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026
Document type
Dataset