BOLALARDAGI MAVSUMIY ORVI SABABLARI VA YECHIMLARI
Abstract
Ushbu maqola bolalar o‘rtasida mavsumiy o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (ORVI) ning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari hamda ularning oldini olish va kamaytirish yo‘llarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda bolalar organizmining yoshga xos anatomo-fiziologik va immunologik xususiyatlari, respirator viruslarning biologik faolligi, iqlim va ekologik omillarning ORVI tarqalishiga ta’siri, shuningdek, mavsumiy ORVI ning epidemiologik xususiyatlari, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda kasallanish dinamikasi hamda tez-tez takrorlanishiga olib keluvchi xavf omillari ilmiy асосда yoritilgan. Maqolada ORVI ning klinik kechishi, mumkin bo‘lgan asoratlari (otit, bronxit, pnevmoniya) va ularning bolalar salomatligiga uzoq muddatli ta’siri muhokama qilinib, vaksinalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ratsional ovqatlanish, vitamin-mineral balansni ta’minlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda ota-onalar va pedagoglarning tibbiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Fields of Study & Subjects
Pediatric health and respiratory diseases
Respiratory viral infections research
Literature Analysis and Criticism
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 29 January 2026