MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI KASBLAR BILAN TANISHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR INTEGRATSIYASI

Read full text
Authors: Lola Ahmedova
Cited by: 0

Abstract

Maqolada maktabgacha katta yoshdagi (5-7 yosh) bolalarni kasblar bilan tanishtirish jarayonining metodik ta'minoti masalalari koʻrib chiqilgan. Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni kasblar bilan tanishtirish boʻyicha metodik ta'minotning yetarli emasligiga e'tibor qaratilgan. Tadqiqot doirasida bolalarda kasblar haqidagi tasavvurlarning shakllanish bosqichlari (boshlangʻich, asosiy va tayyorgarlik bosqichlari) belgilab berilgan. Maqolada L.S. Vygotskiy, A.N. Leont'ev, D.B. Elkonin kabi taniqli psixologlarning nazariy qarashlariga tayanib, oʻyin faoliyatining maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish jarayonidagi roli asoslantirilgan. Metodik ta'minotni takomillashtirish yoʻllari tavsiya etilgan, jumladan, evristik suhbatlar, ekskursiyalar, oʻyin va tasviriy faoliyat, kasbiy bayramlar bilan tanishtirish kabi zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan.

Fields of Study & Subjects

Early Childhood Education and Development Psychology of Development and Education Educational methodologies and cognitive development

Publication details

Journal / source
Journal of Universal Science Research
Publication date
29 January 2026
Language
UZ