O'RTA MASOFAGA YUGURUVCHILARDA CHIDAMLILIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada yengil atletikaning o‘rta masofaga yugurish turlarida sportchilarning chidamlilik sifatini rivojlantirish metodikasi ilmiy asosda tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida chidamlilik tushunchasining nazariy jihatlari, uning aerob va anaerob komponentlari, mashg‘ulot jarayonida yuklamalarni rejalashtirish hamda ularning sport natijalariga ta’siri o‘rganildi. Pedagogik tajriba asosida ishlab chiqilgan maxsus mashg‘ulot metodikasi samaradorligi tajriba va nazorat guruhlari misolida baholandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, intervalli, temp va fartlek yugurish mashqlarini tizimli qo‘llash o‘rta masofaga yuguruvchilarning umumiy va maxsus chidamliligini sezilarli darajada oshiradi. Olingan ilmiy xulosalar yengil atletika murabbiylari va sport mutaxassislari uchun amaliy ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Physical Education and Training Studies
Sports Performance and Training
Sport Psychology and Performance
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 29 January 2026