BOSHLANG'ICH SINFLARDA NUTQIY SAVODXONLIK OMILLARI
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning nutqiy savodxonligi va lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish masalalari kompetensiyaviy yondashuv asosida yoritilgan. Unda ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, ijodiy faolligi hamda nutq madaniyatini shakllantirishning didaktik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, badiiy matnlar, grafik matnlar, audio va video materiallar asosida lingvistik resurslardan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri ochib berilgan. Tadqiqot natijalari nutqiy savodxonlikni rivojlantirishda ijodiy yozma ishlar, matn ustida ishlash va kommunikativ kompetensiyani shakllantirish muhim omil ekanini ko‘rsatadi
Fields of Study & Subjects
Language Acquisition and Education
Education
Innovation and Language Studies
Linguistics and Education Research
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 29 January 2026