ROMANLARDA SO'ZLASHUV NUTQINING BADIIY VA MADANIY FUNKSIYASI (M.M.DO'ST "DARVOZA YONIDAGI IT" HIKOYASI MISOLIDA).

Read full text
Authors: Xamidov Abdumalik Kiranovich, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada roman va nasriy asarlarda so‘zlashuv nutqining badiiy hamda madaniy funksiyalari Murod Muhammad Do‘stning “Darvoza yonidagi it” hikoyasi misolida keng va tizimli tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘zlashuv nutqining badiiy matndagi o‘rni, uning obraz yaratish, xarakter ochish, ijtimoiy muhit va milliy mentalitetni aks ettirishdagi ahamiyati yoritiladi. Hikoyadagi dialoglar, oddiy xalqona iboralar, nutqiy qoliplar va intonatsion vositalar qahramonlarning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari hamda ijtimoiy mavqeini ifodalovchi muhim lisoniy omillar sifatida talqin qilinadi.Shuningdek, so‘zlashuv nutqining madaniy funksiyasi — xalqona tafakkur, urf-odatlar, axloqiy me’yorlar va jamiyatga xos qadriyatlarni badiiy ifodalashdagi roli ochib beriladi.

Fields of Study & Subjects

Linguistic research and analysis Short Stories in Global Literature Language and Culture

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
29 January 2026
Document type
Dataset