SOLIQ MA'MUCHILIGIDA AT NING ROLI HAMDA SOLIQ TIZIMIDA RAQAMLASHTIRISH AHAMIYATI

Read full text
Authors: Ma'rupov Akobir Baxtiyor o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu tezisda soliq ma’murchiligida axborot texnologiyalarining (AT) o‘rni hamda soliq tizimini raqamlashtirishning iqtisodiy va tashkiliy ahamiyati kompleks tarzda yoritib berilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarni soliq boshqaruviga joriy etish orqali soliq ma’murchiligi jarayonlarining tezkorligi va aniqligini oshirish, soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarni soddalashtirish hamda ularning soliq majburiyatlarini bajarishdagi qulayliklarini kengaytirish masalalari tahlil qilingan.Shuningdek, soliq hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish, avtomatlashtirilgan nazorat va monitoring tizimlarini qo‘llash orqali soliq intizomini mustahkamlash, soliqdan bo‘yin tovlash holatlarining oldini olish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Elektron soliq xizmatlari, integratsiyalashgan axborot tizimlari va raqamli platformalarning soliq ma’lumotlari shaffofligini ta’minlash, inson omili ta’sirini kamaytirish hamda ma’muriy xarajatlarni optimallashtirishdagi roli alohida e’tiborga olingan.

Fields of Study & Subjects

Taxation and Compliance Studies E-Government and Public Services Economic and Fiscal Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
29 January 2026