Oliy pedagogik ta'lim tizimida hamkorlikda ta'lim nazariyasi va amaliyoti

Read full text
Authors: Hojiyeva Zulfiya O'ktamovna
Cited by: 0

Abstract

Bugungi globallashuv va axborotlashuv sharoitida ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi ta’lim sifati va samaradorligini belgilovchi muhimomillardan biri hisoblanadi. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida an’anaviy yondashuvlar bilan birqatorda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash zarurati yuzaga kelmoqda. Ushbu maqolada oliy pedagogik ta’limjarayonida hamkorlikda ta’lim texnologiyasining nazariy-metodologik asoslari hamda amaliy qo‘llanish xususiyatlari yoritilgan.Hamkorlikka asoslangan ta’lim bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning samarali omilisifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mazkur yondashuvning pedagogik imkoniyatlari ochib berilib, uni ta’lim jarayonidaqo‘llash samaradorligi asoslab beriladi. Zamonaviy o‘qituvchi nafaqat o‘z fanini mukammal bilishi, balki pedagogikvaziyatlarni tahlil qila olishi, muammoli vaziyatlarda tezkor va samarali qarorlar qabul qilishi hamda innovatsion ta’lim texnologiyalaridanfoydalana olishi bilan ajralib turishi lozim. Shuning uchun bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashjarayonini takomillashtirish dolzarb ilmiy-pedagogik muammo sifatida maydonga chiqmoqda. O‘zbekistonlik pedagogolimlar ham bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosiga alohida e’tibor qaratganlar

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Teacher Development Education Methods and Technologies Innovative Teaching and Learning Methods

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
20 January 2026
Language
TR