Inklyuziv sinf muhitida zaif eshituvchi bolalar bilan musiqa mashg'ulotlarini tashkil etishning nazariy yondashuvlari

Read full text
Authors: Qizlarxon Isomova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada inklyuziv sinf muhitida zaif eshituvchi bolalar bilan musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etishningnazariy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda inklyuziv ta’lim, surdopedagogika va musiqa pedagogikasiga oidxorijiy, postsovet hamda milliy ilmiy manbalar asosida musiqa ta’limining rivojlantiruvchi, kompensator va ijtimoiylashtiruvchiimkoniyatlari yoritilgan. Adabiyotlar tahlili zaif eshituvchi bolalar ta’limida multimodal yondashuvlar, ritm va harakatintegratsiyasi hamda emotsional-ijtimoiy rivojlanishni ta’minlovchi pedagogik mexanizmlarning muhimligini ko‘rsatdi.Maqolada mavjud ilmiy ishlardagi yondashuvlar taqqoslanib, inklyuziv sinf sharoitida musiqa mashg‘ulotlarini tashkiletishning nazariy asoslari umumlashtirildi. Tadqiqot natijalari musiqa ta’limini inklyuziv pedagogika talablari asosida takomillashtirish,shuningdek, kelgusida metodik modellar va baholash mezonlarini ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘libxizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Music Education and Analysis Hearing Impairment and Communication Diverse Music Education Insights

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
20 January 2026
Language
UZ