"SHIROQ" RIVOYATI SYUJETINING YUZAGA KELISH ASOSLARI
Abstract
Maqolada Shiroq haqidagi qadimiy epik syujet sak-massaget qabilalarining folklor an’analari doirasida shakllangan bo‘lib, rivoyat va dostonlarda ajdodlarimizning o‘z yurtini bosqinchi dushmanlardan himoya qilish maqsadida olib borgan mardonavor kurashi hamda ana shunday hayot-momot janglaridagi jasorati tasvirlangan. Antik davr tarixchilarining kitoblarida qadimgi sak va massaget eposining bir necha namunasining qoldiq holdagi epik bayonlari keltirilgan. Sak-massaget qabila birlashmasining yirik urug‘laridan biri hisoblangan siraqlarning jasorati va qahramonliklari tasvirlangan “Shiroq” (yoki “Siraq”) rivoyati o‘zbek folklorining arxaik qatlamiga mansub epik syujetlar sirasiga kirishi haqida cho‘z boradi.
Fields of Study & Subjects
Folklore
Mythology
and Literature Studies
Cultural and Sociopolitical Studies
Linguistics and Cultural Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 22 January 2026