MAHALLIY ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT QOʻLLAB-QUVVATLASHLASHNING SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Jumayev Botirjon Zokirovich, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Tadqiqot mavzusi - “Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishda davlat qo‘llab-quvvatlashning samaradorligi”. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi - davlat tomonidan joriy etilgan moliyaviy, soliq va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining mahalliy ishlab chiqarish sub’yektlariga ta’sirini tahlil qilish va ularning samaradorligini baholashdir. Tadqiqot metodlari sifatida statistik tahlil, komparativ usul, so‘rovnomalar va amaliy kuzatuvlar qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va soliq imtiyozlari mahalliy korxonalar ishlab chiqarishini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, biroq ayrim sohalarda samaradorlik pastligi mavjudligi aniqlangan. Tadqiqot shuningdek, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada maqsadli va tizimli amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari iqtisodiy siyosat ishlab chiqishda, mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish strategiyasini takomillashtirishda va davlat resurslarini samarali taqsimlashda amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Economic and Industrial Development Economic Development and Regional Competitiveness Economic Issues in Ukraine

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
30 January 2026
Document type
Dataset