YALPIZ EFIR MOYINING SHIFOBAXSH TA'SIRI: ANTIBAKTERIAL VA ANTIFUNGAL FAOLLIK ASOSIDA ILMIY TAHLIL

Read full text
Authors: Gulparshin Kutlimuratova, Sarbinaz Utemuratova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada yalpiz (Mentha piperita) o‘simligidan olinadigan efir moyining shifobaxsh xususiyatlari, xususan uning antibakterial va antifungal faolligi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Yalpiz efir moyi xalq tabobatida qadimdan turli yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolashda qo‘llanib kelinadi. Tadqiqot davomida yalpiz efir moyining kimyoviy tarkibi, asosiy biofaol komponentlari - mentol, menton va boshqa terpenoidlarning mikroorganizmlarga ta’siri o‘rganildi. Antibakterial faollik disk-diffuziya usuli orqali, antifungal ta’sir esa minimal inhibitiv konsentratsiya (MIC) ko‘rsatkichlari asosida baholandi. Olingan natijalar yalpiz efir moyining patogen bakteriyalar va zamburug‘larga nisbatan sezilarli darajada bostiruvchi ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari yalpiz efir moyining shifobaxsh xususiyatlarini ilmiy asoslash, shuningdek uni tabiiy antimikrob vosita sifatida tibbiyot va farmatsevtika sohalarida qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Essential Oils and Antimicrobial Activity Medicinal Plant Research Insect Pest Control Strategies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
30 January 2026