POL VERLEN VA ERKIN VOHIDOV SHE'RIYATIDA INSON VA TABIAT DIALEKTIKASI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Pol Verlen va zamonaviy o‘zbek she’riyatining atoqli shoiri Erkin Vohidov ijodida inson va tabiat dialektikasi masalasi qiyosiy-tahliliy yo‘sinda o‘rganiladi. Shoirlar she’riyatida tabiat obrazlarining inson ruhiyati, ichki kechinmalari va falsafiy qarashlari bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida tabiatning nafaqat fon yoki manzara, balki inson ruhining ifodachisi sifatida talqin etilishi asoslanadi. Pol Verlen she’riyatida tabiat obrazlarining ramziy va impressionistik xususiyatlari, Erkin Vohidov ijodida esa tabiat va inson munosabatining milliy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Maqola inson va tabiat o‘rtasidagi dialektik birlikning badiiy ifodasini aniqlashga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Poetry Analysis and Criticism
Comparative Literary Analysis and Criticism
Ecocriticism and Environmental Literature
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 30 January 2026