GPP (ZARUR DORIXONA AMALIYOTI) STANDARTINING DORIXONA MUASSASALARI FAOLIYATIGA TADBIQ ETILISHINI O`RGANISH

Read full text
Authors: Xidoyatova Z.Sh., Islomova Sh.S., Tohirjonov J.J., Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Farmatsevtika sanoatida sifat standartlari bemor xavfsizligi va dori vositalarining samaradorligini kafolatlash uchun zarur bo'lgan qoidalar va talablar tizimi hisoblanadi. Ushbu standartlar global darajada bir xil sifat darajasini ta'minlaydi va har bir mahsulotning ishlab chiqarishdan bemorga yetguncha bo'lgan yo'lda barcha bosqichlarda nazorat ostida bo'lishini kafolatlaydi. Dori vositalarining har bir partiyasi xavfsizlik sinovlaridan o'tadi va bemorlar uchun xatarsiz ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Standartlar dori vositalarining kafolatlangan terapevtik ta'sir ko'rsatishini va bemorlarni davolashda ijobiy natijalar berishini ta'minlaydi. Xalqaro bozorlarga chiqish, eksport qilish va global hamkorlik uchun sifat standartlariga muvofiqlik majburiy shartdir. Hozirgi vaqtda quyidagi halqaro sifat standartlari tafovutlanadi: GMP ( Zarur ishlab chiqarish amaliyoti), GCP (Zarur klinik amaliyot), GLP(Zarur laboratoriya amaliyoti), GDP (Zarur tarqatish amaliyoti), GPvP( Zarur farmakovigilans amaliyoti). Hozirgi sharoitda O`zbekiston Respublikasidagi barcha dorixona muassasalari GPP (Zarur dorixona amaliyoti) standarti talablariga to`la-to`kis javob berishlari lozim.

Fields of Study & Subjects

Medical and Pharmaceutic Studies Quality and Management Systems Pharmaceutical Quality and Counterfeiting

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
30 January 2026
Document type
Dataset