Masofaviy ta'lim jarayonida seven skillsni rivojlantirishning pedagogik va psixologik asoslari
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan masofaviy ta’lim sharoitida“Seven Skills” (XXI asr ko‘nikmalari)ni rivojlantirishning pedagogik va psixologik asoslari kompleks tahlil qilinadi.Tadqiqotda raqamli transformatsiya va globallashuv sharoitida oliy ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish texnologiyalarinijoriy etish orqali talabalar shaxsida tanqidiy va tahliliy fikrlash, samarali kommunikatsiya, hamkorlikda ishlash, ijodkorlik,muammolarni hal etish, raqamli savodxonlik hamda o‘zini o‘zi rivojlantirish kabi zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishzarurati ilmiy asoslab beriladi. Maqolada masofaviy ta’limning pedagogik imkoniyatlari – interaktiv metodlar,raqamli ta’lim platformalari, moslashuvchan o‘qitish modellarining “Seven Skills”ni rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shubilan birga, masofaviy ta’lim jarayonida talabaning o‘quv faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillar, jumladan,ichki va tashqi motivatsiya, o‘zini o‘zi boshqarish va refleksiya qilish qobiliyati, ijtimoiy o‘zaro ta’sir, emotsional barqarorlikhamda mas’uliyat hissining shakllanish mexanizmlari tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalari masofaviy ta’lim muhitida pedagogikva psixologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish orqali “Seven Skills”ni samarali rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi. Mazkuryondashuvlar oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh, mustaqil fikrlovchi va kasbiyjihatdan yetuk mutaxassislarni tayyorlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan asoslanadi
Fields of Study & Subjects
Online and Blended Learning
Innovations in Education and Learning Technologies
Educational Technology and E-Learning
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 20 January 2026
- Language
- TR