ADENOMIOZNI METABOLIK SINDROM BILAN KECHISHI
Abstract
Adenomioz bachadon miometriysida endometriyal bez va stromaning ektopik joylashuvi bilan tavsiflanadigan, estrogen-qaram va surunkali yallig‘lanish bilan kechuvchi ginekologik kasallik hisoblanadi. U dismenoreya, anormal uterin qon ketish, surunkali tos og‘rig‘i va reproduktiv funksiyaning buzilishi bilan namoyon bo‘lib, ayollar hayot sifatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda adenomioz tashxisi qo‘yilayotgan ayollar sonining oshishi ushbu kasallikning patogenezi va xavf omillarini chuqurroq o‘rganish zarurligini ko‘rsatmoqda. Metabolik sindrom esa insulin rezistentligi, abdominal semizlik, dislipidemiya va arterial gipertenziya bilan xarakterlanib, tizimli metabolik va yallig‘lanish muhitini shakllantiradi. Ushbu sindrom ayollar reproduktiv salomatligiga ko‘p qirrali ta’sir ko‘rsatib, estrogen-qaram patologiyalar rivojlanishi uchun qulay fon yaratadi. Shu nuqtayi nazardan, adenomioz va metabolik sindrom o‘rtasidagi bog‘liqlikni tizimli baholash dolzarb ilmiy va klinik ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Endometriosis Research and Treatment
Ovarian function and disorders
Uterine Myomas and Treatments
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 31 January 2026