OILAVIY HAYOTGA TAYYORLIK: SHAXSIY MA'SULIYAT, INTERNALLIK VA GENDER OMILLARI

Read full text
Authors: Nasrullayeva Asolat Abdumalik qizi, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Oilada muammolarni hal qilish masalasi juda muhimdir. Ko‘pincha, hamma narsani yolg‘iz hal qilishga harakat qiladigan, boshqasining fikrini e’tiborsiz qoldiradigan yoki muammolarni hal qilish mas'uliyatini sherikga o‘tkazadigan turmush o‘rtog‘i psixologik jihatdan kam yetuk hisoblanadi. Yoshlarning oilaviy hayotga psixologik tayyorgarligi hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Ajralishlarning ko‘pligi va ularning barcha oila a’zolari uchun oqibatlari oilaviy siyosatda zarur bo‘lgan ish sohasini belgilaydi. Yoshlarning oilaviy hayotga tayyorligi muammosi fanda yangilik emas. Oilaning psixologik muammolari, nikohgacha tarbiya masalalari, jinsiy tarbiyaning xususiyatlari, oilada tarbiyaning psixologik jihatlari va boshqalar - bularning barchasi tadqiqotchilarning oila muammolariga qiziqishini aks ettiradi va oilaviy hayotga tayyorlik muammosiga to‘xtalib o‘tadi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi mualliflar tadqiqoti mavzusi bo‘lgan asarlar mavjudligini ham qayd etish mumkin.

Fields of Study & Subjects

Family Dynamics and Relationships Attachment and Relationship Dynamics Marriage and Family Dynamics

Publication details

Journal / source
International journal of scientific researchers ( IJSR ) INDEXING
Publication date
31 January 2026
Language
EN