YASHIRIN IQTISODIYOTGA QARSHI KURASHISHDA SOLIQ QONUNCHILIGINING O'RNI

Read full text
Authors: Qulmuratov G'Ayrat Amanovich, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada yashirin iqtisodiyotning kelib chiqish sabablari, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri hamda ushbu muammoni bartaraf etishda soliq qonunchiligining tutgan o‘rni har tomonlama ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Yashirin iqtisodiyotning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, xususan, soliq yukining yuqoriligi, soliq tizimining murakkabligi, soliq ma’murchiligidagi kamchiliklar va soliq madaniyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi asoslab beriladi. Maqolada soliq qonunchiligi orqali yashirin iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari, jumladan, soliq stavkalarini optimallashtirish, soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimlarini joriy etish, soliq imtiyozlari va rag‘batlantiruvchi normalarning iqtisodiy subyektlar xulq-atvoriga ta’siri chuqur tahlil etiladi. Shuningdek, soliq qonunbuzarliklari uchun javobgarlik choralarining muqarrarligi va soliq nazoratining kuchaytirilishi yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishdagi ahamiyati yoritib beriladi.

Fields of Study & Subjects

Taxation and Compliance Studies Economic and Fiscal Studies Taxation and Legal Issues

Publication details

Journal / source
International journal of scientific researchers ( IJSR ) INDEXING
Publication date
31 January 2026
Language
EN