TEMIR YO'L TRANSPORTI QUYMA DETALLARINING KIMYOVIY TARKIBI VA MEXANIK XOSSALARI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIKNI TADQIQ ETISH

Read full text
Authors: Nodirjon Kayumjonovich Tursunov, Саидирахимов Азизжон, Otabek Nuriddinov
Cited by: 0

Abstract

Maqolada po‘latning mexanik xossalariga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Asosiy legirlovchielementlarning mexanik xususiyatlarni belgilashdagi roli hamda yuqori xossalar majmuasini ta’minlashdagi ta’sirimuhokama etilgan. Tadqiqotlar davomida po‘latning kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan,shuningdek, kimyoviy elementlarning nometall qo‘shimchalar va mikrostrukturaga ta’siri o‘rganilgan.20ГЛ markali po‘lat normativ hujjatlarga muvofiq yuqori mustahkamlik, plastiklik va zarbiy qovushqoqlikka ega bo‘lishitalab etiladi, bu yuk vagonlarining quyma detallari uchun muhim hisoblanadi. Yon rama va ressor usti balkasi kabi asosiykonstruktiv qismlar 20ГЛ markali po‘latdan tayyorlanadi. Bugungi kunda ushbu markadagi po‘latning mexanik xossalariniyaxshilash dolzarb ilmiy va amaliy vazifa hisoblanadi.

Fields of Study & Subjects

Microstructure and Mechanical Properties of Steels Metal Alloys Wear and Properties Material Properties and Failure Mechanisms

Publication details

Journal / source
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
Publication date
1 January 2026
Language
UZ