MULTISENSOR YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINING KOGNITIV TEZKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING TAKOMILLASHTIRILGAN METODIKASI

Read full text
Authors: Zilola Musratova
Cited by: 0

Abstract

Maqolada maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining kognitiv tezkorligini rivojlantirishda multisensor yondashuvning takomillashtirilgan metodikasi tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida kognitiv tezkorlikning mohiyati, uning maktabga tayyorgarlik darajasidagi ahamiyati va multisensor yondashuv orqali uni rivojlantirish imkoniyatlari oʻrganildi. Takomillashtirilgan metodika barcha sezgi organlariga (koʻrish, eshitish, teginish, harakat) ta'sir koʻrsatuvchi integrativ pedagogik texnologiyalarni oʻz ichiga oladi. Maqolada bolalarning individual xususiyatlari, yosh psixologiyasi va zamonaviy ta'lim talablariga asoslangan amaliy mashgʻulotlar tizimi taqdim etilgan. Natijalar shuni koʻrsatdiki, multisensor yondashuv asosida tashkil etilgan ta'lim jarayoni bolalarning diqqat konsentratsiyasi, xotira hajmi, mantiqiy fikrlash va muammolarni tezkor hal qilish qobiliyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Fields of Study & Subjects

Early Childhood Education and Development Educational methodologies and cognitive development Education Methods and Practices

Publication details

Journal / source
Journal of Universal Science Research
Publication date
31 January 2026
Language
UZ