PROFESSIONAL VA HAVASKOR PSIXOLOG

Read full text
Authors: Usmonova Diyora Dilshod qizi, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada professional va havaskor psixolog tushunchalarining nazariy hamda amaliy jihatlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda psixologik xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi fonida mazkur ikki yo‘nalish vakillari faoliyatini farqlash muhim ilmiy va ijtimoiy masalaga aylanmoqda. Tadqiqotda professional psixologning kasbiy tayyorgarligi, ilmiy-metodik asoslangan faoliyati, etik me’yorlarga rioya etishi hamda rasmiy malaka va sertifikatlarga egaligi asosiy mezon sifatida yoritiladi. Shu bilan birga, havaskor psixologlarning faoliyati, ularning bilim manbalari, tajribaga asoslangan yondashuvlari hamda mazkur faoliyatning ijobiy va salbiy jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada havaskor psixologiya faoliyatining nazorat qilinmasligi ayrim holatlarda shaxs ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ilmiy dalillar orqali asoslanadi. Tadqiqot natijalari psixologik xizmatlar sifatini oshirish, kasbiy standartlarni belgilash hamda aholining psixologik savodxonligini rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Counseling Practices and Supervision Emotional Labor in Professions Psychotherapy Techniques and Applications

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
31 January 2026
Document type
Dataset