ARTUR KONAN DOYLNING "SHERLOK HOLMS" HAQIDAGI HIKOYALARIDA KLASSIK DETEKTIV JANRNING SHAKLLANISHI

Read full text
Authors: Ernazarova Gulhayo Ruziboyevna, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada Artur Konan Doylning Sherlok Xolms haqidagi hikoya va qissalari asosida klassik detektiv janrning shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Asarda muallif tomonidan yaratilgan badiiy model detektiv adabiyot uchun namunaviy qolipga aylangani ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda janrga xos bo‘lgan asosiy belgilar — jinoyat va tergov markaziy syujet elementi sifatida talqin qilinishi, mantiqiy xulosa chiqarishga asoslangan tergov usuli, syujetning izchil tuzilishi hamda yakuniy yechim orqali haqiqatning ochilishi kabi xususiyatlar batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada Sherlok Xolms obrazining klassik detektiv qahramon sifatida shakllanishi, uning intellektual ustunligi va mantiqiy tafakkuri janr poetikasining ajralmas qismi ekanligi ko‘rsatib beriladi. Dr. Uotsonning hikoyachi sifatidagi o‘rni esa o‘quvchi bilan detektiv o‘rtasida vositachi bo‘lib, syujetda keskinlik va sir saqlanishiga xizmat qilishi bilan izohlanadi. Artur Konan Doylning ushbu asarlari nafaqat detektiv janrning ommalashuviga, balki uning nazariy va badiiy asoslarining mustahkamlanishiga ham katta hissa qo‘shgani ta’kidlanadi. Sherlok Xolms turkumi keyingi avlod yozuvchilari uchun asosiy andoza bo‘lib xizmat qilgan klassik detektiv model sifatida baholanadi.

Fields of Study & Subjects

Crime and Detective Fiction Studies Narrative Theory and Analysis Decadence Literature and Society

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
31 January 2026
Document type
Dataset