BANK KARTALARIDAN FOYDALANISH BILAN BOG'LIQ FIRIBGARLIK JINOYATLARINING KRIMINALISTIK TAVSIFI
Abstract
Mazkur maqolada bank kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatlarining kriminalistik tavsifi keng yoritilgan. Unda mazkur turdagi jinoyatlarning sodir etilish usullari, jinoyatchilar tomonidan qo‘llaniladigan texnik va psixologik ta’sir vositalari, firibgarlikning asosiy shakllari hamda ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, bank kartalari orqali sodir etiladigan firibgarlik jinoyatlarining izlari, jinoyat sodir etuvchi shaxslarning tipik belgilarini aniqlash, jabrlanuvchilarning xatti-harakatlari hamda ushbu jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan omillar ko‘rib chiqiladi. Maqolada amaldagi qonunchilik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyoti hamda statistik ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarilib, mazkur jinoyatlarning oldini olishga doir taklif va tavsiyalar berilgan.
Fields of Study & Subjects
Cybercrime and Law Enforcement Studies
Criminal Justice and Penology
Ukrainian Legal and Forensic Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 31 January 2026