Inklyuziv ta'limni samarasini oshirish uchun xalqaro tajribadan foydalanish
Abstract
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro tajribaning o‘rni va ahamiyati tahlilqilinadi. Hozirgi globallashuv sharoitida ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri - barcha bolalar, jumladan,alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Tadqiqotda rivojlangan davlatlar,xususan, Finlandiya, Kanada, Italiya va Janubiy Koreya ta’lim tizimlarida inklyuziv yondashuvni joriy etish mexanizmlario‘rganiladi. Ushbu mamlakatlarda pedagogik qo‘llab-quvvatlash, individual ta’lim dasturlari, multidissiplinar mutaxassislarjamoasi hamkorligi hamda moslashtirilgan o‘quv muhitining yaratilishi asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada inklyuzivta’limni tashkil etishda o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, ota-onalar bilan hamkorlik, ijtimoiy moslashuv jarayonlariva zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga moslashtirishdayuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari inklyuzivmuhitni shakllantirishda tizimli yondashuv, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va amaliy metodikalarni keng joriyetish zarurligini ko‘rsatadi. Maqola xulosasida xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar inklyuziv ta’lim sifatinioshirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va barcha o‘quvchilarning to‘liq rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
Fields of Study & Subjects
Inclusive Education and Diversity
Collaborative Teaching and Inclusion
Education Pedagogy and Practices
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 20 January 2026
- Language
- UZ