ARTERIOSKLEROZ VA YUQORI QON BOSIMI BILAN BOG'LIQ TOMIR ELASTIKLIGINING YOSHGA BOG'LIQ O'ZGARISHI

Read full text
Authors: Ibragimova Marjona Isroiljon qizi, Maxamadjonova Dilrabo Vannobjon qizi, Ne'matjonov Shuxratjon Rustamjon o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada arterioskleroz va yuqori qon bosimi sharoitida tomir elastikligining yoshga bog‘liq o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Yosh o‘tishi bilan arterial devorlarning elastik xususiyatlari pasayib, tomir qattiqlashuvi kuchayishi yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Tadqiqotda tomir elastikligining kamayishiga olib keluvchi asosiy patofiziologik mexanizmlar, jumladan, elastin tolalarining degradatsiyasi, kollagen miqdorining ortishi, endotelial disfunksiya va kalsifikatsiya jarayonlari ko‘rib chiqildi. Arterial qattiqlashuvning arterial gipertoniya rivojlanishi va asoratlari bilan bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida yoritildi. Tadqiqot natijalari tomir elastikligidagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni erta aniqlash va yurak-qon tomir kasalliklarining profilaktikasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Cardiovascular Health and Disease Prevention Elasticity and Material Modeling Dermatological and Skeletal Disorders

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
31 January 2026