NORMAL JOYLASHGAN YO'LDOSHNING BARVAQT KO'CHISHI: KLINIK KECHISHI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH TAKTIKASI
Abstract
Normal joylashgan yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishi (NJYBK) akusherlik amaliyotida ona va homila hayoti uchun yuqori xavf tug‘diruvchi eng og‘ir patologiyalardan biri hisoblanadi. Ushbu holat bachadon devoriga normal joylashgan yo‘ldoshning homila tug‘ilishidan oldin qisman yoki to‘liq ajralishi bilan tavsiflanadi. Maqolada NJYBK ning uchrash chastotasi, etiologik omillari, klinik kechishi, zamonaviy diagnostik imkoniyatlari hamda konservativ va operativ davolash taktikasi batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalari ushbu patologiyani erta aniqlash va o‘z vaqtida to‘g‘ri akusherlik yordamini ko‘rsatish perinatal va maternal asoratlarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Maternal and fetal healthcare
Maternal and Perinatal Health Interventions
Gynecological conditions and treatments
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 2 February 2026