BOLALARDA STRESS VA UNING PSIXOSOMATIK TA'SIRI
Abstract
Mazkur maqolada bolalarda stress holatlarining kelib chiqish sabablari, ularning psixologik va fiziologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi, shuningdek, stressning psixosomatik kasalliklar shakllanishidagi o‘rni atroflicha yoritilgan. Tadqiqot davomida bolalar organizmining stressga javob reaksiyalari, stress omillarining yoshga xos xususiyatlari hamda psixosomatik buzilishlarning paydo bo‘lish mexanizmlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Shuningdek, oilaviy muhit, maktabdagi pedagogik bosim, ijtimoiy moslashuv muammolari va axborot texnologiyalarining bolalar ruhiyatiga ta’siri alohida ko‘rib chiqildi. Maqolada stressning uzoq davom etishi natijasida yuzaga keladigan somatik kasalliklar — oshqozon-ichak tizimi buzilishlari, yurak-qon tomir faoliyati o‘zgarishlari, teri kasalliklari hamda immunitet pasayishi ilmiy dalillar bilan asoslab berildi. Tadqiqot natijalari bolalarda stressni erta aniqlash, profilaktika qilish va psixosomatik holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fields of Study & Subjects
Child and Adolescent Psychosocial and Emotional Development
Stress Responses and Cortisol
Human Health and Disease
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 2 February 2026
- Document type
- Dataset