MIOKARD GIPOKSIYASINING HUJAYRA DARAJASIDAGI TA'SIRI
Abstract
Miokard gipoksiyasi yurak mushagi hujayralarining kislorod bilan yetarli darajada ta’minlanmasligi natijasida yuzaga keladigan patologik holat bo‘lib, ayniqsa bolalar organizmida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu holat yurak hujayralarida metabolik buzilishlar, energiya yetishmovchiligi va hujayra strukturasi shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Mazkur maqolada miokard gipoksiyasining hujayra darajasida kechadigan asosiy patofiziologik mexanizmlari yoritib beriladi. Tadqiqot davomida gipoksiya sharoitida kardiomiositlarda ATF sintezining kamayishi, mitoxondrial disfunksiya, kalsiy ionlari almashinuvining buzilishi hamda oksidlovchi stressning kuchayishi kabi jarayonlar tahlil qilinadi. Shuningdek, gipoksiya natijasida yuzaga keladigan apoptoz va nekroz jarayonlarining hujayra hayotiyligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqola pediatriya amaliyotida miokard gipoksiyasini erta aniqlash va uning asoratlarini oldini olish uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu mavzu yurak-qon tomir kasalliklarining hujayra mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Fields of Study & Subjects
Cardiac Ischemia and Reperfusion
Cardiomyopathy and Myosin Studies
Mitochondrial Function and Pathology
Publication details
- Journal / source
- International Bulletin of Applied Sciences and Technology
- Publication date
- 2 February 2026
- Language
- EN