Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini maktabga tayyorlashda fiziologik rivojlanish va biologik atamalarning qo'llanilish xususiyatlari
Abstract
Maqolada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini maktabga tayyorlash jarayonida ularningfiziologik rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish, bola organizmining to‘g‘ri va mutanosib rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchitavsiyalarni ishlab chiqish masalalari yoritilgan hamda biologik atamalarning qo‘llanilish xususiyatlari uzviy bog‘liqlikdailmiy asoslab berilgan. Maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifasi har bir bolaning shaxsini yosh davrlarigamos tarzda sifatli rivojlantirish, uni navbatdagi ta’lim bosqichiga puxta tayyorlash va ta’lim muhitida ijobiy pedagogik sharoityaratishdan iboratdir. Tarbiyalanuvchilarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash, savodxonligini oshirish va sog‘lomvoyaga yetkazish ota-onalar hamda pedagoglar oldidagi eng dolzarb va muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bola kelgusidaqanday kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, maktabgacha davr uning jismoniy, anatomik va fiziologik jihatdan shakllanishidamuhim bosqich sanaladi. Shu bois tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda ularning yosh xususiyatlari, anatomik vafiziologik holati inobatga olinishi zarur. Har bir bolaning ulg‘ayish jarayonida muayyan fiziologik o‘zgarishlar kuzatiladi.“Fiziologiya” atamasi yunoncha so‘z bo‘lib, “tabiat” va “bilim” ma’nolarini anglatadi [1]. Fiziologiya turli yosh davrlaridaorganizm a’zolari tizimi va butun organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni hamda yoshga xos rivojlanish xususiyatlarinio‘rganadi [1].
Fields of Study & Subjects
Early Childhood Education and Development
Human Health and Disease
Child Development and Education
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 20 January 2026
- Language
- UZ