GLOBAL O'ZGARISHLAR DAVRIDA FAN VA TA'LIMNING AHAMIYATI
Abstract
Globallashuv jarayonlari hayotimizning barcha sohalariga kirib kelmoqda. Xususan, fan va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar jamiyat rivojlanishiga, milliy qadriyatlar transformatsiyasiga [1](“transformatio ”lotincha so‘z bo‘lib, “qayta oʻzgarish”, “qayta hosil boʻlish” ma’nolarini anglatadi) va g‘oyaviy tarbiya masalalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqalili turli madaniyatlar, bilimlar va g‘oyalar orasidagi chegaralar yo‘qolib bormoqda. Buning natijasida yoshlar dunyoqarashi shakllanishida, ularning milliy o‘zlikni anglashi va g‘oyaviy immunitetining mustahkamlanishida yangi vazifalarni olib kelmoqda. G‘oyaviy tarbiya masalalari, ayniqsa, fan va ta’lim globallashuvi sharoitida alohida zaruriyatga aylanmoqda. Bunga sabab hozirgi davrda yoshlar ongiga ta’sir qiladigan axborot oqimi ancha kengaydi. Yoshlar internet orqali turli g‘oyalar, qarashlar va mafkuralarning ta’sirida qolmoqdalar. Bu esa ta’lim muassasalari oldiga yangi, dolzarb maqsad va vazifalarni – talaba yoshlarni nafaqat bilimli qilib tarbiyalash, shuningdek ularni tanqidiy fikrlashga, axborotni saralab olishga va milliy qadriyatlar asosida to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish vazifasini qo‘ymoqda. Jonajon ona Vatanimiz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari ham aynan shu maqsadlardan kelib chiqqan. Zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oyamizni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash hozirgi davrdagi oldimizda turgan eng zarur va manfaatli vazifalaridandir. Albatta, bu vazifani baajarish-davr talabidir.
Fields of Study & Subjects
Education and Cultural Studies
Globalization and Cultural Identity
Global Education and Multiculturalism
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 2 February 2026