Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglari oʻrtasida metodik kollaboratsiyani boshqarish mexanizmini takomillashtirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar majmuasi va und a qo'llaniladigan metodlar
Abstract
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari o‘rtasida metodik kollaboratsiyani boshqarish mexanizminitakomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar majmuasi va unda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlartahlil qilingan. Tadqiqot natijalarida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining metodik kollaboratsiyani boshqarishko‘nikmalarining yetarli darajada emasligini ko‘rsatdi. Shu sababli direktorlar uchun maxsus seminar-treninglar, mahoratdarslari va qo‘shimcha mashg‘ulotlar majmuasi ishlab chiqildi. Mashg‘ulotlar majmuasi to‘rt bosqichda amalga oshirildi:direktorlarning metodik kollaboratsiyani boshqarish ko‘nikmalarining boshlang‘ich darajasini aniqlash, ko‘nikmalarni rivojlantirishbo‘yicha treninglar o‘tkazish, pedagoglar va ota-onalar uchun ijodiy guruhlarda kollaboratsiyani loyihalashtirishhamda rivojlanganlik darajasini aniqlash bosqichlari. Mashg‘ulotlarda “Oltita fikrlash shlyapasi”, “Fikrlar mozaykasi”, “Aqliyhujum”, “BBB”, “Keys-texnologiya”, “Strategik stol”, “Qarorlar shajarasi”, “Maqsad piramidasi”, “O‘z kasbingni tasvirla” va“Sirli zanjir” kabi interaktiv texnologiyalar qo‘llandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interaktiv ta’lim texnologiyalaridanfoydalangan holda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar direktorlarning kommunikativ ko‘nikmalarini, nizoli vaziyatlarda o‘zini tutishqobiliyatini hamda tashkiliy malakalarini sezilarli darajada rivojlantirishga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar majmuasi pedagogikjamoada metodik kollaboratsiyani samarali tashkil etish va boshqarish mexanizmini takomillashtirish uchun amaliyvosita sifatida tavsiya etiladi.
Fields of Study & Subjects
Teacher Education and Leadership Studies
Education and Teacher Training
Early Childhood Education and Development
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 20 January 2026
- Language
- UZ