IJTIMOIY INTEGRATSIYA VA REINTEGRATSIYA TUSHUNCHALARINING PEDAGOGIK TALQINI (Gospital pedagogika misolida)

Read full text
Authors: Alimov Dilmurod Duyshaboyevich
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ijtimoiy integratsiya va reintegratsiya tushunchalarining pedagogik mohiyati gospital pedagogika misolida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sog‘lig‘i sababli uzoq muddat ta’lim muhitidan chetda qolgan bolalarning jamiyat va ta’lim tizimiga qayta moslashuvi muammolari yoritilgan. Ijtimoiy integratsiyaning kommunikativ, ta’limiy, emotsional va ijtimoiy-me’yoriy komponentlari ochib berilgan. Shuningdek, reintegratsiya jarayoni tayyorgarlik, o‘tish va barqarorlashuv bosqichlari asosida tizimlashtirilgan. Maqola gospital pedagogikani ta’lim uzluksizligi va ijtimoiy tiklanishni ta’minlovchi muhim pedagogik mexanizm sifatida asoslaydi.

Fields of Study & Subjects

Educational Practices and Policies Medical Practices and Rehabilitation Inclusive Education and Diversity

Publication details

Journal / source
Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
Publication date
30 January 2026
Language
UZ